Toshkentda eng ko‘p yo‘lovchi tashiladigan avtobus yo‘nalishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar oyida Toshkentda 130 ta avtobus yo‘nalishi bo‘yicha jami 7 949 703 nafar yo‘lovchi manziliga yetkazilgan. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya jamoat transporti (avtobuslar)dan bir oy mobaynida eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlarni ochiqladi (1-31 yanvar holatiga ko‘ra).

Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:

131- sonli yo‘nalish - 239 128; 
58 - sonli yo‘nalish -  172 120; 
24 - sonli yo‘nalish -  168 760.

Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:

141- sonli yo‘nalish - 3 008;
196- sonli yo‘nalish - 3 724;
113 - sonli yo‘nalish - 6 525.

Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:

Mercedes-Benz LF - 2 907 708;
Isuzu -  2 528 059;
Man - 1 747 701;
Saz LE 60 -  766 235.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus

Baholaganlar

367

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing