Toshkentda elektr ta’minotida yirik avariya yuz berdi

Jamiyat

image

Kecha, 23 dekabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida elektr ta’minoti tizimida yirik avariya yuz berdi. Natijada tumanning qator dahalari elektr ta’minotisiz qoldi.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, taxminan soat 22:00da  elektr ta’minoti tizimida ro‘y bergan yirik avariya sababli Yunusobod 3, 11, 14, 17, 18 va 19-dahalari elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilmoqda.

Ayni paytda avariya oqibatlarini bartaraf qilish va elektr ta’minotini tiklash ishlari tashkil qilingan.

“Hurmatli fuqarolar, elektr ta’minoti tizimida vujudga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!”, deydi hokimlik.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod elektr ta'minoti

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing