Toshkentda do‘kon va dorixona binosiga o‘t ketdi (video)
3-sahifa
−
08 iyun 2023 9830 1 daqiqa
Poytaxt Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan jamoat binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmkati xabar berdi.
Unda bayon etilishicha, bugun 8 iyun kuni soat 12:50 da Toshkent shahar Yunusobod tumani A.Temur ko‘chasida joylashgan do‘kon va dorixonada yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:58 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:04 da o‘rab olingan va 5 daqiqada o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida do‘kon va dorixonaning taxminan 80 kv m maydonda old tomon yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025