Toshkentda dorixona va oziq-ovqat do‘konlari rahbarlari ustidan nazorat kuchaytirildi – Prokuror

Jamiyat

image

Toshkent shahrida dorixona va oziq-ovqat do‘konlari rahbarlari ustidan nazorat ularning moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda keskin va qattiq kuchaytirildi. Toshkent shahar prokurori Bahriddin Valiyev Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘n uchinchi sessiyasida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Qayd etilishicha, nazorat olib borish maqsadida shahar prokuraturasida maxsus shtab tashkil etilgan va har bir tuman prokuraturasida ishchi guruhlar tuzilgan.

Poytaxtda mavjud 13 dehqon bozori va savdo komplekslariga tuman prokurorlari o‘rinbosarlari va shahar prokuraturasi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari biriktirilgan.

Savdo va karantin qoidalari buzilishi, shuningdek narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish hamda sun’iy tanqislik vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 3 ming 304 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan qonuniy chora to‘g‘risida rasman ogohlantirilgan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda qator nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Poytaxt dehqon bozorlaridagi narx-navoni barqarorlashtirish maqsadida “Daladan dasturxongacha” tamoyili asosida 27 turdagi ijtimoiy muhim turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari intervensiya qilish yo‘li bilan olib kelinib, arzonlashtirilgan narxlarda sotilishi ta’minlanmoqda.

Nazorat tadbirlarida dori vositalari hamda tibbiy buyumlar bilan savdo qilish to‘g‘risidagi qonun xujjatlari talablariga amal qilmaslik holatlari aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Masalan, 16 martdan shu kunga qadar o‘tkazilgan tadbirlarda 111 holatda 836,1 million so‘mlik tibbiy niqoblar, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari noqonuniy savdosi aniqlangan va tegishli chora ko‘rilgan.

Bundan tashqari, prokuratura, ichki ishlar, davlat xavfsizlik xizmati, milliy gvardiya va boshqa mutassadi idoralar vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan karantin vaqtida uydan chiqmaslik, bozorlarda narxlarni sun’iy oshirmaslik va boshqa holatlar yuzasidan hududlarda tushuntirish va targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

karantin dorixona oziq-ovqat do'koni

Baholaganlar

114

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made