Xitoyda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 900 millionga yetdi

Olam

image

Xitoyda 11 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatning jami 64 foizi — 900 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangani aniqlandi. Bu haqda Pekin universitetining tadqiqotlariga tayangan holda “Live Mint” sayti xabar berdi.

Mavjud holatga ko‘ra, Xitoyning Gansu provinsiyasida yashovchi aholining 91 foizi, Yunnan provinsiyasida yashovchilarning 84 foizi,  Sinxay provinsiyasining 80% aholisi koronavirus kasalligiga chalingan. Xitoyning yetakchi epidemiologi qishloqlarda kasallanishlar soni keskin ko‘payishidan ogohlantirgan. Mamlakatda COVID-19 to‘lqinining cho‘qqisi ikki-uch oy davom etishi kutilmoqda.

Shuningdek, Xitoyda 21 yanvardan nishonlanadigan Yangi yil bayrami munosabati bilan sayohatchilarning ko‘payishi qishloq joylarida yuqumli kasalliklarning oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sayohatchilarni yuqori xavf mavjudligi haqida ogohlantirdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentligining ta’kidlashicha, Xitoy COVID-19 holati bo‘yicha o‘limlar sonini kamaytirib, ommaga ma’lumot bermoqda. Xitoy pandemiya boshlanganidan beri 5000 dan sal ko‘proq o‘lim holati haqida xabar bergan. Xalqaro sog‘liqni saqlash ekspertlari bu yil COVID-19 bilan bog‘liq kamida 1 million o‘lim holati sodir bo‘lishini tahmin qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning so‘nggida Xitoy koronavirus haqida kunlik ma’lumotlar e’lon qilishni to‘xtatgandi. Shundan so‘ng JSST Xitoyni koronavirus faktlarini yashirayotganlikda aybladi va mamlakatdan koronavirusga chalinib, shifoxonaga yotqizilganlar hamda o‘lim holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezda yetkazishni so‘ragandi.

Joriy yilning 7 yanvar kunidan boshlab Xitoyda karantin vaqtida to‘xtab qolgan “chun yun” deya nomlanuvchi 40 kunlik qamariy yangi yil sayohatlari boshlangandi. Bu pandemiyadan oldingi eng yirik yillik ichki migratsiya sifatida tanilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

JSST Xitoy karantin pandemiya COVID

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing