Shimoliy Koreyada besh kunlik karantin joriy etildi

Olam

image

Shimoliy Koreyada joriy yilning 25-29 yanvar kunlari, besh kunlik karantin e’lon qilindi. Bu haqda “Nk News”nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 25 yanvar kunidan boshlab Shimoliy Koreya hukumati poytaxt Pxenyan aholisi orasida nafas olish yo‘llari kasalliklarining ko‘payib borayotgani sababli besh kunlik karantin joriy etdi.

Karantinning joriy etilishiga aholi ortasida tarqalayotgan shamollash sabab qilib olingan. Ammo COVID-19 bilan kasallanish holati haqida ma’lumot keltirilmagan.

Xabarga ko‘ra, hukumat aholidan hafta oxirigacha uylarida qolishlari va kuniga bir necha marta haroratni tekshirishlari kerakligini talab qilgan.

Mamlakatning boshqa shaharlari karantin ostida qolayotgani hozircha noma’lum. Davlat va mahalliy ommaviy axborot vositalari ham bu haqida hech narsa demagan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shimoliy Koreya karantin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing