Bosh prokuratura bolalarni zaharlash rejasini kim tuzganiga aniqlik kiritdi

Jamiyat

image

Bugun, 22 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimalarining telefon orqali o‘zaro muloqoti aks etgan audioyozuv tarqalgan edi. Unda bir xodima ikkinchi hamkasbiga bolalarni zaharlash yo‘li bilan Maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasiga nisbatan g‘arazli maqsadini amalga oshirmoqchiligini aytadi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ushbu audioyozuv bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi va quyidagilarni ma’lum qilmoqda

Bekobod tumani prokuraturasidan ma’lum qilishlaricha, joriy yilning 20 dekabr kuni fuqaro S.Karimqulova tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra, shu yilning 16-17 dekabr kunlari jiyani Nargiza orqali Feruza Sultonova bilan tanishganini, u bilan jiyani Nargiza ishga qanday tiklash yuzasidan maslahat so‘raganini, unga 6-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Dilfuza va tuman MTM bo‘limi boshlig‘i Nilufar Mixliyevada adovati borligini bayon qilgan. 

Arizada Nilufarning ustidan bir necha joylarga murojaat qilganini va bog‘chadagi bolalar zaharlansa, tekshirish bo‘lib, ularning barchasini ishdan olib tashlashini va jinoyat ishi qo‘zg‘atilishini aytgan. Bekobod shahrida doimo bolalar zaharlanayotganini, aynan go‘shtga dori qo‘shishni, undan dori nomini bilib berishni so‘raganini, bolalar yengil zaharlanib, shifoxonaga murojaat qilishliklarini, buning ortidan esa shov-shuv ko‘tarilib, barcha ishdan ketishini aytgan. Feruzaning bu ishlari noqonuniy ekanligi sababli unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan. 

Mazkur holat yuzasidan Feruza Sultonova  o‘z tushuntirish xatida joriy yilning boshlarida uning uyiga Sojida ismli ayol, jiyani Nargiza bilan izlab kelgani, u uyda bo‘lmagani sababli onasidan uning telefon raqamini olgani, so‘ng unga telefon qilganini va u bilan Bekobod tumani Zafar shaharchasida uchrashganini, Sojida unga MTM bo‘limi boshlig‘i Nilufar Mixliyevada adovati borligini va uni ishdan bo‘shatmoqchi ekanini aytgan. Shuningdek, u Sojidaga Nilufar Mixliyevaning ustidan turli idoralarga ariza bilan murojaat qilganini, Sojidani uning oldiga Nilufar Mixliyeva yuborganidan shubhalanib, Sojidani Nilufar Mixliyeva yollagan deb o‘ylab, uni sinash uchun bog‘chadagi bolalar zaharlansa, ularning barchasi ishdan ketishini aytganini va Sojidani keyingi harakatlarini bilib olmoqchi bo‘lganini, aslida hech kimni zaharlash niyati bo‘lmaganini bayon qilgan. 

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Bekobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, natijalari bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

1136

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing