Jizzaxda aka-ukalar janjalida pichoqbozlik yuz berdi
Jamiyat
−
07 iyun 2019
4304Joriy yilning 6 iyun kuni soat 00:30larda Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida yashovchi 26 yoshli S.X. qo‘shnisi 20 yoshli O.X.ning uyi oldida o‘zaro janjal tufayli uning boshiga tayyoq bilan urgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu vaqtda O.X.ning akasi 23 yoshli X.O. uyidan pichoq olib chiqib, S.X.ning ukasi 22 yoshli X.X.ni pichoq bilan jarohatlagan.
Natijada X.X. kasalxonaga yotqizilib, O.X va X.O.lar qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi