Toshkentda dars qolib, qarta o‘ynagan o‘quvchilarning ota-onasi jazolandi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoq sahifalarida "Maktabmi bu yoki qimorxona?" sarlavhasi ostida video tarqalgandi. Tasvirlarda bir necha o‘quvchilarning dars paytida qarta o‘ynab o‘tirganini ko‘rish mumkin. Mazkur holatga Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘z munosabatini bildirdi.

Qayd etilishicha, video 2024 yil 23 aprel kuni Yunusobod tumanidagi 235-sonli maktabda tarix fani darsida olingan. To‘rt nafar 8-“B” sinf o‘quvchilari dars jarayoniga xalaqit qilib, “qartabozlik” qilgan.

Ushbu o‘quvchilarning ota-onalari maktabga chaqirtirilib, Milliy gvardiya, IIB xodimlari, psixolog hamda maktab ma’muriyati ishtirokida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

O‘quvchilarning ota-onalariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan jarima qo‘llangan. Sinf rahbari N.B.ga nisbatan intizomiy chora ko‘rilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Maktab

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing