Toshkentda Damas haydovchisining paypog‘idan psixotrop modda topildi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida YPX inspektorlaridan qochgan Damas haydovchisining paypog‘idan psixotrop modda topildi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrining Shirin ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan shubha uyg‘otgan Damas to‘xtatilgan vaqtda transport vositasi harakatlanishni davom ettirgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida haydovchi ushlanib, uning mashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

“Haydovchini xolislar ishtirokida tekshirganimizda, fuqaroning paypog‘i ichidan oq kukunsimon modda topildi”, deydi YPX inspektori.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent-Jizzax yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt rusumli mashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda 3080 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari yashirib qo‘yilgani aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent haydovchi Damas paypoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing