Toshkentda Damas haydovchisi 4 nafar o‘quvchini urib ketdi. Qurbon bor

3-sahifa

image

Kecha, 2 oktyabr kuni Toshkentning Yangihayot tumanida Damas va Nexia rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda 17 yashar bola halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

YTH taxminan soat 15:00 da Yangihayot tumani Chinor va Polvonyor ko‘chalari kesishmasida yuz bergan. Toshkent viloyatilik 2001 yilda tug‘ilgan Abduvoris K. ishonchnoma asosida Damas avtomobilni boshqarish davomida boshqaruvni eplay olmasdan yo‘l chetida turgan voyaga yetmagan piyodalarni urib yuborgan hamda 1989 yilda tug‘ilgan Timur M. boshqaruvidagi Nexia avtomobiliga urilgan.

YTH oqibatida piyodalar – 10-sinf o‘quvchilari 2005 yilda tug‘ilgan Gleb K., 2005 yilda tug‘ilgan Sarmat M. va 2006 yilda tug‘ilgan Temur X. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ikkala avtomobil haydovchilar ham shifoxonaga olib borilgan.

Yana bir piyoda – 10-sinf o‘quvchisi 2004 yilda tug‘ilgan Artyom Y. YTH shifoxonaga olib ketilayotganda hayotdan ko‘z yumgan.

Mazkur fakt asosida Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

367

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing