Toshkentda Cobalt va Lacetti to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 27 mart kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida Cobalt va Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, kecha taxminan soat 15:30 da tumandagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida ishonchnoma asosida Cobalt rusumli mashinani boshqarib ketayotgan 43 yoshli D.K. boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan. Natijada u qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va 30 yoshli S.R. boshqaruvidagi Lacetti bilan to‘qnashgan. Hozirda YTH sabablari o‘rganilyapti.

YTH oqibatida Lacetti avtomobili yo‘lovchisi 24 yoshli Sh.Sh., 32 yoshli N.K. hamda Cobalt avtomobili haydovchisi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Lacetti haydovchisi olgan tan jarohati natijasida hodisa joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan va tergov harakatlari olib borilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

451

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing