Toshkentda cho‘kayotgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan erkakning o‘zi suvga g‘arq bo‘ldi
3-sahifa
−
09 iyun 2021
10996Toshkentda “Bo‘zsuv” kanalida cho‘kayotgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan erkakning o‘zi cho‘kib ketdi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak "Bo‘zsuv" kanalida cho‘kayotgan qizni ko‘rgan. Shundan so‘ng, uni qutqarish uchun o‘zini suvga tashlagan. U qizni qutqargan, ammo o‘zi suvdan chiqa olmagan.
Qayd etilishicha, bundan avval ham bir nafar fuqaro Olmazor tumanidan o‘tuvchi "Damashi" kanalida cho‘kib ketgan.
“Toshkent shahrida cho‘kish holatlari boshqa viloyatlarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Talabalar va shu yerga ishlash uchun kelgan insonlar orasida ham cho‘kish holatlari uchrab turadi. Bunga sabab, hududni chuqurlik darajasini bilmasligi. Kuni kecha Namanganda tug‘ilgan 16 yoshli yigit Olmazor tumani hududidan o‘tuvchi “Damashi” kanalida qo‘lini yuvmoqchi bo‘lganida, cho‘kib ketganini ko‘rgan fuqarolar FVVga xabar berdi. Hozirda FVV xodimlari tomonidan qidiruv ishlari olib borilmoqda”, deydi FVV matbuot kotibi Samandar Hikmatullayev.
Hozirda mas’ul xodimlar ishtirokida qidiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi