Toshkentda cho‘kayotgan qizlarni qutqargan erkak halok bo‘ldi
3-sahifa
−
20 may
20477Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 5 may kuni Toshkentning Bo‘rijar kanaliga ikki qiz tushib ketgani va ularni qutqarishga kanalga tushgan 43 yoshli A.S. cho‘kib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.
Uning bildirishicha, Bo‘rijar kanalida cho‘kayotgan voyaga yetmagan qizlarni qutqargan erkak halok bo‘lgani yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
“Ushbu voqeada jasorat ko‘rsatgan marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etib, hamdardlik bildiramiz”, deydi Shamsutdinov.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda mazkur kanal qirg‘og‘ining bir qismida sayr zonasi barpo etilayotgani va minglab daraxtlar kesilgani aytilmoqda. Shuningdek, ishlar xavfsizlik talablarini buzgan holda olib borilyotgani, suzishni yaxshi bilgan A.S. shu kuni kanal bo‘ylari beton qilib tashlangani va tayanib chiqishga joy bo‘lmagani oqibatida cho‘kib ketgani da’vo qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil aprel oyida Bo‘rijar kanalining Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi qismida 5 yashar bola, bir ayol va bir erkak oqib ketgandi. Iyun oyida esa talaba Bo‘rijar kanalida cho‘kib, vafot etdi. Avgustda Bo‘rijar kanalidan 73 yoshli erkakning jasadi topilgandi.
LiveBarchasi