Toshkentda Captiva haydovchisi IIO xodimiga tan jarohati yetkazdi
3-sahifa
−
19 avgust
4899Toshkent shahrida Captiva haydovchisi ichki ishlar organlari xodimiga tan jarohati yetkazdi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19 avgust tungi soat 02:00 larda Bektemir tumanidagi bozor hududida tungi xizmatga jalb qilingan Bektemir tumani IIO FMB PPX inspektori safdor J.Rajabov transport vositasi to‘xtab turish taqiqlangan joyga qo‘yilganligi holatini aniqlagan. Ushbu transport vositasi boshqa transport vositalarining erkin harakatlanishiga xalaqit berganligi sababli J.Rajabov Captiva rusumli avtomashina egasini chaqirtirgan va transport vositasini olib qo‘yishini so‘ragan. Biroq 1990 yilda tug‘ilgan Sh.A. IIO xodimining qonuniy talabini bajarmasdan, unga faol qarshilik ko‘rsatib, safdor J.Rajabovni urib tan jarohati yetkazgan.
“Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Xorazm milliy tabiat bog‘i inspektoriga xizmat vaqtida tan jarohati yetkazilgandi.
LiveBarchasi