Farg‘onada Captiva tog‘ orasidagi dara yo‘lda ag‘darilib ketdi (video)
3-sahifa
−
20 yanvar 4830 1 daqiqa
Kecha, 19 yanvar kuni Farg‘ona viloyatida tog‘ orasidagi dara yo‘lda yurgan erkak mashinasi bilan birga ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 21:00 larda Farg‘ona tumani “Yordon” MFY hududida tog‘ orasidagi transport vositalari harakatlanishiga mo‘ljallanmagan kichik dara yo‘lda 1981 yilda tug‘ilgan haydovchi A.A. Captiva rusumli avtomobilini o‘zboshimchalik bilan boshqarib ketayotib, yo‘l qor va sirpanchiq bo‘lgani sababli boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Oqibatda Captiva rusumli avtomobil haydovchisi A.A. “bosh miya yopiq shikasti – koma holati” tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan A.A. vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalaridan (AGTKSH) birida avtobus hamda Matiz mashinasi yonib ketgandi.
Live
Barchasi