Toshkentda birvarakayiga 10 ta mashina YTHga uchradi (video)
3-sahifa
−
01 avgust 9496 1 daqiqa
Bugun, 1 avgust kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida birvarakayiga 10 ta mashina o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:30 larda tumanning Choshtepa ko‘chasida IVECO rusumli yuk mashinasi, Captiva, Spark, Malibu-2, Onix, Cobalt, Hyundai, Tracker-2 va 2 ta Lacetti rusumli transport vositasi ishtirokida o‘zaro to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Bildirilishicha, YTHda tan jarohat olganlar yo‘q.
Yo‘l-transport hodisasi yuk transport vositasi haydovchisining rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida sodir bo‘lgan.
“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda fuqaro turmush o‘rtog‘ining mashinasini yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urishi oqibatida avtomashina majaqlanib, yonib ketgandi.
Live
Barchasi