Toshkentda BYD haydovchisi YPX xodimini urib ketdi

3-sahifa

image

Chilonzor tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit BYD avtomobilida YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, uni urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Qayd etilishicha, 12 may kuni taxminan soat 19:20 larda Chilonzor tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektori o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtida Lutfiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan BYD rusumli avtomobil harakat davomida shubha uyg‘otgani sababli hushtak yordamida to‘xtash ishorasini bergan.

Biroq haydovchi – 2002 yilda tug‘ilgan O.A. YPX inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirgan va 150-200 metr o‘tib ortga qayrilib olgan vaqtida, YPX inspektori qayta to‘xtash ishorasini berib, avtomashinalar harakatini to‘liq to‘xtatgan.

O.A. esa YPX inspektorini ustiga mashinasini haydab, uni urib yuborgan. Oqibatda, YPX inspektori ikkala son suyagi sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
 
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 266-moddasi 1-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Chilonzor jarohat inspektor BYD

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing