Toshkentda buzilayotgan bino yonib ketdi
3-sahifa
−
15 may 5608 1 daqiqa
Bugun, 15 may kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan buzilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 14:24 da Mirobod tumani Oltinko‘l ko‘chasida joylashgan buzilayotgan binoda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan. Xabarga asosan 14:36 da yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘in 14:52 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, ushbu manzilda buzilayotgan binoda bitum va qurilish chiqindilari yonganligi aniqlangan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan yirik savdo do‘konlarining birida yong‘in chiqqani haqida xabar berilgan edi.