Toshkentda bolali ayolni sababsiz urgan erkak ushlandi

Jamiyat

image

Bir necha kun avval Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Ye.S. ismli ayol foydalanuvchi 13 fevral kuni Mirzo-Ulug‘bek tumani, Darxon ko‘chasida 10 oylik o‘g‘li bilan sayr qilib yurganida, taxminan 25-30 yoshli noma’lum shaxs uni yelkasidan urganligi haqida xabar e’lon qilgan edi.

Toshkent shahar IIBBning xabariga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda, u 34 yoshli F.A. ekanligi, shuningdek u tungi vaqtda sababsiz avtomobillar ustiga chiqib sakrab, mashina eshiklarni tepganligi ma’lum bo‘lgan.

1

“Mirzo-Ulug‘bek IIO FMB ichki ishlar bo‘limi xodimlari F.A. haqida shahar klinik psixiatriya shifoxonasiga xabar berishdi, hozirda F.A. o‘sha yerda“, deya qayd etilgan IIBBning xabarida.


Maqola muallifi

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing