Toshkentda bola uyda yonib ketdi
Jamiyat
−
26 noyabr 2019
6848Toshkentdagi “Baynalminal” mahallasida sodir bo‘lgan yong‘inda bola uyga qo‘shilib yonib ketdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Yong‘in joriy yilning 26 noyabr kuni soat 12: 36 atrofida sodir bo‘lgan. Shu vaqtda Toshkent shahri Mirobod tumani “Baynalminal” mahallasi Og‘abegim ko‘chasida joylashgan 30-uyda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 3 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 7 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 12:56 da qurshab olingan va soat 12:59 da to‘liq bartaraf etilgan hamda alanga qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketishi oldi olingan.
Yong‘indan uyning 90 kv metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida yashash uyining 50 kv metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Achinarlisi, yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasining o‘g‘li fuqaro I.Ye.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.
LiveBarchasi