Toshkentda Bitcoin'chilar qo‘lga olindi
Jamiyat
−
20 Iyun 2020 16028 1 daqiqa
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Toshkentda Bitcoin savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro M.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelgan.
Aniqlanishicha, u 2019–2020 yillarda internet tarmog‘idagi Telegram kanalida fuqarolarga 3 mln. AQSH dollari miqdoridagi kriptoaktivlar ko‘rinishidagi mablag‘larni ayirboshlash orqali xorijiy davlatlar fuqarolari bilan chet el valyutasini o‘tkazib kelgan. Shuningdek, Bitcoin oldi-sotdisi bilan litsenziyasiz shug‘ullangan.
“Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) va 190-moddasi (Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr