Bozor kayfiyati yomon: Bitkoin narxi rekord darajada tushdi

Biznes

image

Bugun, 18 noyabr kuni bitkoin narxi 90 ming AQSH dollaridan pastlab, investorlarning moliya bozorida tavakkalchilik ishtahasi so‘nib borayotganining navbatdagi ishorasi bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, bu so‘nggi yetti oy davomidagi eng past daraja hisoblanadi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

Riskka sezgir kriptovalyuta 2025 yildagi barcha o‘sishni yo‘qotdi va oktyabr oyidagi 126 minglik cho‘qqidan qariyb 30% pastladi. Jumladan, Osiyoda bugun, 18 noyabr tush vaqtida bitkoin yana 2% pasayib, 89,953 dollarni tashkil qildi va o‘tgan haftadagi 98 ming dollarlik barqarorlashtirilgan narx chizig‘idan ancha pastga tushdi.

Nashrning yozishicha, narx tushishiga AQSH foiz stavkalari bo‘yicha noaniqliklar, bozor kayfiyati yomonlashuvi va katta kompaniyalarning o‘z bitkoinlarini sotib yuborishi sabab bo‘lmoqda. Bu esa zanjirsimon pasayishni kuchaytirmoqda.

Bitkoin tushishi bilan birga kripto bilan bog‘liq MicroStrategy, Riot Platforms, Marathon Holdings va Coinbase kabi kompaniyalar aksiyalari ham pasaymoqda. Butun dunyo kriptovalyuta bozori bosim ostida, ayniqsa texnologiya aksiyalari pastlamoqda. Xususan, so‘nggi oylar davomida qadrsizlanayotgan Ether ham avgustdagi cho‘qqidan 40% arzonlashgan.

Investorlar xavotirda, chunki yil boshida bitkoin narxi pasayishidan so‘ng aksiyalar bozorida katta tushish kuzatilgandi. Mutaxassislar oktyabrdagi katta yo‘qotishdan buyon kripto bozoridagi kayfiyat juda pastligini aytmoqda. Agar bozor notinchligi davom etsa, bitkoin narxi 75 ming dollarigacha pasayishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

kriptovalyuta Bitcoin Bitkoin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing