“Bitcoin” narxi 50 foizga ”quladi"
Olam
−
09 may 2022
10349Bozor qiymati bo‘yicha dunyodagi eng yirik kriptovalyuta “Bitcoin” o‘tgan yilning noyabr oyidagi eng yuqori cho‘qqisidan (68 990,90 AQSH dollaridan) 50 foizga pastladi. Bu haqda BBC xabar berdi.
“Coinbase” kriptovalyuta birjasida “Bitcoin”ning qiymati o‘tgan haftaning dam olish kunlarida pasayishda davom etib, 34 000 AQSH dollaridan arzonlashdi.
Raqamli aktivlar qiymatining pasayishi so‘nggi kunlarda butun dunyo bo‘ylab fond bozorlari qiymati tushib ketgani bilan bog‘liqligi aytilmoqda. Xususan, bugun, 9 may kuni Osiyo fond bozori gigantlaridan biri yapon “NIKKEI”si taxminan 2 foizga o‘z qiymatini yo‘qotdi.
Ma’lumot o‘rnida, “Bitcoin”ning bozor kapitalizatsiyasi 650 milliard AQSH dollariga teng va u jami kriptovalyuta bozorlarining uchdan bir qismini tashkil qiladi.
Ayni paytda, so‘nggi bir yil ichida “Bitcoin” ikki davlatda – Salvador va Markaziy Afrika Respublikasida qonuniy to‘lov vositasiga aylandi. Salvador iste’molchilarga kriptovalyutani barcha moliyaviy operatsiyalarda, xususan, AQSH dollari bilan bir qatorda ishlatishga ruxsat berishini bildirgan, biroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi Salvadorni bu qarorni bekor qilishga chaqirgan.
Sardor Begalov