Toshkentda noqonuniy Bitcoin sotayotgan shaxsdan 400 ming dollar olib qo‘yildi

Jamiyat

Toshkentda jinoiy sheriklari bilan oldindan til biriktirib, litsenziya olmasdan, boshqa fuqaroga Bitcoin kriptovalyutasini sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanal lavhasida xabar berildi.

Bir bitkoin elektron pul birligini “qora bozor” narxida 10 463 dollarda hisoblab, 20 bitkoin elektron pul birligini 208 320 dollarga, o‘zining 7 foizlik ustamasini qo‘ygan holda jami 224 000 dollarga sotishga kelishgan. U xaridordan 224 ming dollarni sanab olib, dastlab qiymati 100 ming dollar bo‘lgan 9,5 bitkoin elektron pul birligini elektron hamyonga tashlab bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tezkor tadbirda fuqarodan jami 402 071 dollar vaqtincha olib qo‘yildi.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bitcoin

Baholaganlar

375

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing