Toshkentda birinchi bo‘lib mini yubka kiyganman – Alisher Usmonovning rafiqasi bilan intervyu
Intervyu
−
06 fevral 2020
4761272 yashar Irina Viner-Usmonovani nafaqat rossiyaliklar, balki o‘zbekistonlar ham yaxshi taniydi. Badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiy, pedogogik fanlar doktori, professor Irina Viner-Usmonova 1948 yilning 30 iyulida Samarqandda tavallud topgan. Keyinroq, u butun dunyo milliarderlari ro‘yxatidan o‘rin olgan Alisher Usmonov bilan turmush qurgan. Toshkentda ilk mini yubkani kiygan Irina Viner-Usmonova ayni vaqtda Olimpiya chempionlarini yetishtirib kelmoqda. U gimnastika saroyini ochdi va GQ Super Women mukofotiga sazovor bo‘ldi.
GQ muharriri: — Irina Aleksandrovna, oilangiz ajoyib: bobongiz skripka chalgan, dadangiz rassom. Siz rasm chizish qobiliyati menga berilmagan deb aytgan edingiz, lekin meni doim qiziqtirgan narsa, nega buvingiz sizni boshidan musiqiy karera uchun tayyorlamagan?
Irina Viner-Usmonova: — Mening bobom bu ish bilan shug‘ullanmaganining boisi dastlab urush bo‘lgan, keyin u oilasini boqqan. Bizning oilamizda juda ko‘p shifokorlar bor, shuning uchun ular meni ham shifokor bo‘lishimni istashdi. Buning uchun men maktabni medal bilan tamomladim. Keyinchalik Toshkentdagi zavodning tibbiyot bo‘limida hamshira bo‘lib ishladim.
— Bu hali siz maktabda o‘qigan vaqtingizdami?
— Albatta. Imtihonlarda qatnashib, besh baho, medal va ish staji olish kerak edi. Men to‘rt olib, musobaqaga yo‘l oldim. Har qanday qiyin vaziyatlarda va fors-major holatlarida sport zaliga bordim va u yerda hammasiga yo‘liga tushdi. Bu mening ovunchog‘im edi.
— Sizning barcha o‘quvchi qizlaringiz sizni ona deb chaqiradimi?
— Umuman olganda, ha. Ayniqsa, ular sahnaga chiqqanlarida.
— Amalda-chi?
— Men ularni sahnaga chiqadigan darajada tayyorlay olishimga qarab. Uddalasam, onaman.
— Qizlar sahnaga chiqishi uchun qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerak?
— Birinchidan, u tabiiy ravishda qobiliyatli bo‘lishi kerak, hech bo‘lmaganda ba’zi jihatdan. Ikkinchidan, u gimnastikani juda yaxshi ko‘rishi, sodiq va shijoatli bo‘lishi kerak. Agar hech qanday motivatsiya bo‘lmasa yoki qiz dangasa bo‘lsa, har qanday narsa jumladan go‘zallik va egiluvchanlik hech qanday naf bermaydi.
— Ammo shu bilan birga, o‘zingiz aytganingizdek, qizlarning qobiliyatli yoki aksincha ekanini darhol aytish mumkin emas, buni vaqt ko‘rsatadi.
— Albatta. Men birinchi uchrashganimda, faqatgina tashqi jihatdan baho berishim mumkin. Ba’zan bu narsa ish beradi.
— Alina Kabayevani birinchi marta ko‘rganingizda, unda iste’dodni ko‘rdingizmi?
— Men uni uzoqdan ko‘rdim va avvaliga e’tibor bermadim. Ammo u chiqishni boshlaganda, men onasiga: “Bo‘ldi, u qoladi”, dedim. Onasi basketbolchi edi, birgalikda zalda shug‘ullanardik. U meni ko‘rganida “qizim bo‘lsa, shu xolaga beraman”, derdi. Endi biz u bilan opa-singilmiz.
— O‘zingizning mashhur "Seni joying diskotekada" iborasini ko‘pincha kimga aytasiz?
— Men aytgan vazifani bajarishni istamaydigan dangasa odamlarga. Agar qiz shunchaki tushunmayotganini ko‘rsam, toki u uddalamaguncha ming marta tushuntirishim mumkin. Ammo men uning qarshilik ko‘rsatayotganini ko‘rsam, uning shohi, ba’zida dumi chiqib qolsa, demak joyi diskotekada. Shohi va dumi borlarning joyi diskoteka va tungi klublarda.
— Sizda juda yorqin, jozibali uslub bor: kiyimda, odobda va nutqda. Bu shunga harakat qilishga arziydimi?
— Mutlaqo yo‘q, men hech narsaga kuch sarflamayman. Ish – urinish emas, balki – sevgi. Aksincha, men zaldan o‘z oyog‘imda chiqib ketishga kuch sarflayman. Qolgan hamma narsa faqat sevgi.
— Ertalab uyqudan uyg‘onganigizda kuching bo‘lmaydi. Uydan qanday chiqasiz?
— Men o‘zimni majburlamayman. Yotib, o‘zimga hech qayerga bormasligimni aytaman. Ammo 15-20-30 daqiqadan so‘ng, qo‘ng‘iroq qilib, "Men bir soatga kechikaman", deb aytaman. Shunday qilib ishga jo‘nayman.
— Sizning kiyimlaringiz haqida doim gapirishadi, biroq qizlaringizning taqinchoqlarini ham kam darajada muhokama qilishmaydi.
— Bir safar Xalqaro gimnastika federatsiyasi prezidenti: "Bu shou emas", degan edi. Men unga: “Qarang, xonim, sizda qancha brilliantlar bor. Biz yosh emasmiz, lekin nega qizlarga oddiy Swarowski taqinchoqlarini taqishga ruxsat bermaysiz? Axir bu juda chiroyli-ku", degandim. U o‘shanda eshikni qattiq yopib ketgandi. Lekin baribir rozi bo‘lgan.
— Aytishlaricha, siz Toshkentda birinchilardan bo‘lib uzun qora paypoq (chulki) va mini yubka kiygan ekansiz.
— Nega “aytishlaricha?” Ha, men kiyganman. Ba’zan orqamdan toshlar otilgan. Ammo baribir kiyib yuraverganman.
— Erkak kishi ayolga pardozga oid sovg‘alar berishi kerakmi?
— Albatta. Hatto, ayolning puli ko‘p bo‘lsa ham, erkak sovg‘a berishi yaxshi.
— Bu jarayon sizning oilangizda qanday kechadi?
— Men o‘zim uchun hech narsa sotib olmayman. Ular menga hamma narsani o‘zlari berishadi. Men bu narxlarni ko‘rmaslik uchun uzoq vaqtdan beri do‘kon aylanmayman.
— Gabriel Shanel ayollarni korsetdan ozod qilgan deb hisoblanadi. Siz ayollarni nimadan ozod qilgan bo‘lardingiz?
— Hech narsadan. Ular allaqachon qarasa ko‘ngil aynigudek ozod bo‘lganlar. Shu darajaga yetdiki, endi ular erkaklarni ayollarga hushomadi qilgani uchun ayblayapti. Xaos.
— Siz har doim juda ko‘p ishlagansiz. Siz uchun pul nima?
— Gap shundaki, ishlash normal hayot kechirish va o‘z bolalarimni ta’minlash imkonini bergan. Faqatgina o‘z o‘g‘limni emas, balki mening uyimda yashagan boshqa bolalarni ham. Venera Zaripova, Amina Zaripova, Lena Xolodova, Marina Nikolayeva – barchasi mening uyimda o‘sgan.
— O‘g‘lingiz Anton bir intervyuda, qizlarning musobaqasi borligi uchun muzlatgichdagi eng yaxshi narsalar ularga berilib, o‘zi esa kamtarona ovqatlanganini aytgan. Fikringiz?
— Ha, shunday. Buning uchun o‘g‘limdan qarzdorman.
— Qarzingizni qaytardingizmi?
— Albatta, bo‘lmasamchi.
— OAVda ko‘pincha Alisher Burxonovich Usmonov bilan nikohingiz haqida ko‘p yozishadi, huddiki sizlar butun umr birgadek. Aslida, siz o‘rta yoshlarda tanishgansiz?
— Albatta, katta yoshda, biroq biz u bilan 45 yoki 46 yildan beri birga yashayapmiz.
— An’anaviy tarzda, oilada ayolning o‘z o‘rni va erkakning o‘z o‘rni borligi aytiladi. Ular biror neytral hududda kesishadi. Buni tushunmaydiganlarga uning ustunligini tushuntirib bersangiz.
— Bu odamlar bir-birini bezor qilmasligi uchun kerak. Albatta, bir-birisiz yashay olmaydigan juftliklar mavjud. Buvim va bobom tortishib qolishganda, ular aytishi bo‘lgan gap faqat: "Sen ahmoqsan" va "Oppog‘im, o‘zing aslida kimsan..." so‘zlaridan iborat bo‘lgan. Bu men ulardan eshitgan eng qo‘pol so‘zlar edi. Ota-onam boshqacha edi. Dadam (rassom Aleksandr Viner. – tahr.) ko‘p sayohat qilgan, kolxozchilar, konchilar, temirchilar haqida rasm chizgan. Onam hamma narsani o‘zi qilishga majbur edi. Mening erim bilan birgalikdagi hayotimda o‘zgacha tajribam bor.
— Siz ko‘p hollarda hasadgo‘ylarga duch kelsangiz kerak? Bunga e’tibor berasizmi?
— Albatta, lekin nima qilish kerak? E’tibor bermagan yaxshi. Meni har doim mashg‘ulot qutqaradi. Men sizlarning GQ Super Women mukofotiga faqat Kseniya Rappoport kabi shifoxonalarga yordam beradigan odamlar bo‘lganligi sababli keldim. Ertasi kuni bolalarning stressini oluvchi psixologim: "Irina Aleksandrovna, nima qilganingiz? Hamma narsani pachavasini chiqaribsiz”, degan edi.
— Tibbiyot va sport doim parallel ravishda boradi. Siz Rossiya tibbiyotini qanday baholaysiz?
— Men shu yo‘nalishda ishchi guruhning raisi edim va mening hisobotimda, sport tibbiyoti bo‘yicha shifokorlarni tanlash va tayyorlash xususida Prezidentga murojaat bor. Hozir bundaylar umuman yo‘q. Shuning uchun hamma narsa shu doping bilan sodir bo‘lyapti. Tibbiyotning qolgan sohasi bo‘yicha bizda Leo Bokuyeriya kabi ajoyib shifokorlar bor.
— Aytingchi, zamonamizda qiz bolaga turmushga chiqishi juda muhim deb o‘ylaysizmi?
— Ayolning vazifasi alal oqibat oila qurish va bolalar dunyoga keltirish. Bu odatiy hol. Hozir ular qanday turmush quryapti? Shunchaki birgalikda yashashadi, bu ham normal holat. Uzuk va imzolar hozir majburiy emas. Ular shunchaki dunyoda yagona ekanliklarini his qilishsa bas.
— Qizlaringiz o‘zlarining tanlagan juftlari haqida siz bilan maslahatlashadimi?
— Ha, tanishtirishadi. Negaki, ular hiyla ishlatishni boshlashganda, men ularga doimo quydagilarni aytaman: "Men sizni itday haydab chiqaraman, mendan keyin do‘stingiz ham shunday qiladi – ko‘rasiz". Ammo men agar sport maktabga halal bersa, maktabni tashlash kerakligini aytaman. Agar sport oilaga xalal beradigan bo‘lsa, sportni tashlash kerak. Menga o‘xshamang” deyman.
LiveBarchasi