Rossiyalik oligarxlar sanksiyalar ostida ham Yevropada pul ishlab topmoqda – “The Insider”

Olam

image

Yevropa Ittifoqi sanksiyalaridagi bo‘shliq tufayli Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin hisoblangan milliarderlar YeI bilan savdodan pul ishlashda davom etmoqda. Bu haqda kecha, 22 dekabr "The Insider" xabar berdi.

"Aksiyadorlari Vladimir Putinga shaxsan yaqin bo‘lgan milliarderlar bo‘lgan kompaniyalar o‘z mahsulotlarini G‘arbga hech narsa bo‘lmagandek eksport qilishda davom etmoqda.Ular, agar sanksiyalangan ishbilarmonlar ulushi 50% dan kam bo‘lsa, kompaniyalarga Yevropa Ittifoqi bozorlarida erkin faoliyat yuritish imkonini beruvchi bo‘shliqdan foydalanadi. Natijada Gennadiy Timchenko, Alisher Usmonov va Oleg Deripaska kabi eng jirkanch oligarxlar tomonidan Yevropa bilan savdodan milliardlab dollar foyda olinadi", deyiladi xabarda.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, Oleg Deripaska Yevropa Ittifoqi unga qarshi sanksiyalar qo‘yganidan so‘ng En+ va shunga mos ravishda "Rusal"dagi ulushini 50 foizdan pastga tushirgan. Bu avtomatik ravishda korxonalarning o‘zini sanksiyalardan olib tashladi.

"Bugun Deripaska En+'ni 35% nazorat qiladi, o‘z navbatida, yirik alyuminiy ishlab chiqaruvchi "Rusal"ning deyarli 57% aksiyalariga egalik qiladi", deb tushuntiradi surishtiruv.

Mualliflarning aniqlashicha, 2024 yilning birinchi yarmida "Rusal" Yevropa mamlakatlarida 1,3 milliard dollar ishlab topgan. Ular shuni ko‘rsatadiki, kompaniya Shvetsiyada (Kubikenborg Aluminium AB), Irlandiyada (Aughinish Alumina), Germaniyada (Aluminium Rheinfelden) va Italiyada (Eurallumina) ham mahsulot ishlab chiqaradi.

"Urush paytida, 2022 yildan 2024 yilgacha Deripaskaning boyligi bir yarim baravardan ko‘proqqa oshdi", deb yozadi "The Insider".

"Forbes" ma’lumotlariga ko‘ra, uning umumiy aktivlari hozirda 2,8 milliard dollarga baholangan.

Yana bir rossiyalik milliarder Alisher Usmonov ham USM'dagi ulushini 49 foizga kamaytirdi, shuning uchun endi unga sanksiyalar ta’sir qilmayapti. "The Insider" ma’lumotlariga ko‘ra, USM tarkibiga kiruvchi Rossiya va MDHdagi eng yirik temiryo‘l kompaniyasi "Metalloinvest" o‘z mahsulotlarini Yevropa mamlakatlariga eksport qilishda davom etmoqda.

"Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri Alisher Usmonovning boyligi 13,4 milliard dollarga oshgan", deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, Putinga yaqin bo‘lgan boshqa rossiyalik tadbirkorlar G‘arb sanksiyalarini o‘zlari foyda oluvchi kompaniyalardagi ulushlarini kamaytirish yoki aktivlarining bir qismini qarindoshlariga o‘tkazish orqali chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Budar "Fosgaro" aksiyadori Andrey Gurev, Sankt-Peterburg kon universiteti rektori Vladimir Litvinenko, u ham "Fosgaro"da ulushga ega, "Yevroxim" kompaniyasi aksiyadori Andrey Melnichenko, "Yevraz" va "Norilsk Nikel" aksiyadorlari Roman Abramovich, "Novatek" va "Sibur"ning aksiyadori Gennadiy Timchenko.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Alisher Usmonov Vladimir Putin Evropa Ittifoqi sanktsiya Oleg Deripaska

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing