Usmonov FIE prezidenti sifatidagi faoliyatini to‘xtatdi
Sport
−
05 dekabr
6049Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti sifatidagi faoliyatini o‘z ixtiyori bilan to‘xtatdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Usmonov 30 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan tashkilot kongressida FIE rahbari lavozimiga qayta saylangan edi, biroq ertasi kuni u o‘z vakolatlarini ixtiyoriy ravishda to‘xtatgan.
“Alisher Usmonov saylovda mutlaq g‘alaba qozonganidan so‘ng, FIE manfaatlaridan kelib chiqib, unga nisbatan qo‘llanilgan qonuniy asossiz jazo choralari FIE va uning faoliyatiga ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur choralarni ko‘rishini ma’lum qildi va shu munosabat bilan FIE Ijroiya qo‘mitasi uning vakolatlarini ixtiyoriy ravishda to‘xtatib turishi, hamma narsa qonun va adolat doirasida hal qilishi kerak”, deydi Usmonov vakili.
2008 yilda FIE'da prezidentlik faoliyatini boshlaganidan so‘ng, Usmonov ketma-ket uch marta rahbarlik lavozimiga qayta saylangan, biroq Ukrainadagi vaziyat tufayli 2022 yilda lavozimni tark etgan. 2024 yil oktyabr oyi oxirida Usmonov FIE prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olinib, uning nomzodi 100 dan ortiq mamlakatlarda qilichbozlik federatsiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangandi.
LiveBarchasi