Toshkentda bir tuman aholisi “svet”siz qoldi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Poytaxt Toshkentning Olmazor tumanidagi bir qancha mahallalari hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi podstansiyada elektr ta’minoti uzilib qoldi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tumanning “Ahil”, “Paxta”, “Yangi Toshkent”, “Beruniy”, “Shodiyona”, “Istiqbol”, “Oltinsoy”, “Bo‘stanobod”, “Tepa Guzar”, “G‘alaba”, “Tabassum”, “Islom ota” hamda “Chuqursoy” mahallalari hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Sag‘bon” podstansiyasidagi mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida favqulodda avariya holatida elektr ta’minotida uzilish sodir bo‘lgan.

Ayni vaqtda Olmazor tuman elektr ta’minoti korxonasining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.

“Tez orada nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Olmazor svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made