Toshkentda bir oyda necha kishi avtobusdan foydalangani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
15 iyun 2022
5282Joriy yilning may oyida Toshkentda 130 ta avtobus yo‘nalishi bo‘yicha jami 8 825 992 nafar yo‘lovchi manziliga yetkazilgan. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniya jamoat transporti (avtobuslar)dan bir oy mobaynida eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlarni ochiqladi (1-31 may holatiga ko‘ra).
Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 131- sonli yo‘nalish - 261 898
2. 93 - sonli yo‘nalish - 187 648
3. 58 - sonli yo‘nalish - 179 767
Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 141- sonli yo‘nalish - 2 694
2. 196- sonli yo‘nalish - 3 268
3. 113 - sonli yo‘nalish - 6 673
Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:
1. Mercedes-Benz LF - 3 152 924
2. Isuzu - 2 558 140
3. MAN - 1 793 367
4. Saz LE 60 - 1 065 319
5. Yutong (Elektrobus) - 256 242
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida 130 ta avtobus yo‘nalishida jami 8 826 293 nafar yo‘lovchi manziliga yetkazilgandi.
LiveBarchasi