Toshkentda bir guruh yigitlar janjallashdi (video)
3-sahifa
−
25 avgust
16382Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi sartaroshxonalardan birida janjal kelib chiqdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Jamoat joyida bir guruh yigitlar tarafidan sodir etilgan janjal oqibatida bir kishining boshi yorilgan. Voqea joyiga tez yordam yetib kelib, bemorga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatgan. Hududga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari esa janjalda qatnashganlarni IIBga olib ketgan.
Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Toshkent shahar IIBB bilan bog‘landi. IIBB matbuot xizmati janjal oqibatida 4 nafar fuqaro yengil darajadagi tan jarohati olgani, mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilayotgani va yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida joylashgan Oltin markazining qorovuli o‘lasi qilib kaltaklangani, ushbu mushtlashuvni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangani xabar qilingandi.
LiveBarchasi