Toshkentda bir guruh yoshlar ota va uning o‘g‘lini kaltakladi

Jamiyat

image

8 iyun kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 4 nafar yigit ota va uning o‘g‘lini kaltakladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni soat 20.00 da ushbu tumanda yashovchi 20 yoshli Mirsobit M., 19 yoshli Elmurod D., 20 yoshli Humoyunxon A. va poytaxtning Yashnobod tumanida yashovchi 20 yoshli Dilshod I. lar bezorilik qilgan. Ular jamoat joyida 56 yoshli Shavkat M. va uning 30 yoshli o‘g‘li Laziz M. larga tan shikastlari yetkazgan.

“Ushbu holat asosida Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda.

“Xavfsiz hudud” tadbiri doirasida Toshkent shahar IIBB xodimlari Milliy gvardiya xizmatchilari bilan hamkorlikda, o‘zlari bilan bita, kastet, pichoq va boshqa kesuvchi va sanchadigan buyumlarni olib yuradigan shaxslarni aniqlagani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bezorilik

Baholaganlar

359

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing