Toshkentda bir-biriga tutash uylar yondi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi bir necha xonadonda yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 1 aprel kuni soat 01:45 da Toshkent shahar Uchtepa tumani “Paxtakor” mahallasida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Chaqiruvga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:31 da o‘rab olingan va soat 02:37 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida “Kichik halqa yo‘li” ko‘chasida joylashgan xonadon oshxonasining 15 kvadrat metr maydonda tom qismi, “Uyg‘ur tor” ko‘chasida joylashgan xonadonlarning 80 kvadrat metr maydonda tomi va ichki qismi 25 va 20 kvadrat metr maydonda tom qismlari (jami xonadonlarni 140 kvadrat metr maydoni) yongan.

Yong‘in sababi  va zarar miqdori aniqlanmoqda. 

“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyiladi FVV bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing