Toshkentda bilyard klubda qimorxona ochilgani aniqlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida fuqaro bilyard klubida qimorxona tashkil qilgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Boshqarma xodimlari klubda tekshiruv o‘tkazganda uning egasi 52 yoshli Bahrom A. qimor o‘yinlari uchun binoda alohida xona ajratgani ma’lum bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, bu tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar tizimli ravishda o‘tkazilishidan dalolat qiladi.

Klubga Toshkent shahar IIBB xodimlari tekshiruv bilan kelganlarida u yerda poker o‘ynovchi 6 kishi va klub ishchilaridan uch kishi – 48 yoshli Mirzohid I., 24 yoshli Davlatbek D. va muqaddam sudlangan 25 yoshli Timur J. Bo‘lgan.

Ashyoviy dalillar sifatida 2.700 AQSH dollari, 6.000.000 so‘m va “Poker” o‘yini uchun toshlar bo‘lgan. 

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278 moddasi (“Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qimorxona

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing