Choyxonani qimorxonaga aylantirgan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Baliqchi tumanida noqonuniy qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaro tumandagi choyxonalardan birida moddiy manfaat evaziga o‘zining tanishlariga qimor va tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy o‘yinlarni tashkil qilib, ular uchun sharoit yaratib bergan.

Voqea joyidan 40 mln 214 ming so‘m, 100 AQSH dollari hamda noqonuniy o‘yinlardan yig‘ilgan 985 ming so‘m pul mablag‘lari xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Jalolquduq tumanida yashash uyida qimorxona tashkil qilgan va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni o‘ynab kelgan shaxslar qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing