Andijonda o‘z uyida qimorxona tashkil qilganlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
09 iyun 2875 1 daqiqa
Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashash uyida qimorxona tashkil qilgan va tavakkalchilikkka asoslangan o‘yinlarni o‘ynab kelgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi shaxs o‘z yashash xonadonida bir guruh fuqarolarni yig‘ib, moddiy manfaat ko‘rish maqsadida qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar tashkil qilgani aniqlangan.
Tezkor tadbirda ushbu manzildan 28 dona o‘yin kartasi hamda o‘yin davrasidagi 740 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Olmazor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qimorxona faoliyatiga chek qo‘yilgan edi.
Live
Barchasi