Andijonda uyini qimorxonaga aylantirgan erkak ushlandi (video)
3-sahifa
−
23 iyul 2443 1 daqiqa
Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yashash xonadonida noqonuniy qimor o‘yinlarini tashkil etgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tezkor tadbir davomida xonadonlardan birida qimor o‘yinlari muntazam tashkil etib kelingani aniqlangan.
Tadbir chog‘ida qimor o‘yinlari o‘tkazilgan joydan 3 million 297 ming so‘m naqd pul hamda o‘yin kartalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Baliqchi tumanida choyxonani noqonuniy qimorxonaga aylantirgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgan edi.