Toshkentda beshta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi

Jamiyat

−

image

Toshkent shahridagi Shahrisabz va Istiqbol ko‘chalari kesishmasida harakatlanish cheklangani sababli beshta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shahrisabz ko‘chasida avtobuslar uchun alohida yo‘lak – BRT qurish ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan Shahrisabz va Istiqbol ko‘chalari kesishmasida chapga burilish vaqtincha cheklandi.

Shu sababli, 2, 26, 37, 68 va 93-sonli avtobus yo‘nalishlarining shahar markazidan harakatlanishi bir tomonlama tartibda Shahrisabz, Maxtumquli va S. Azimov ko‘chalari orqali tashkil etildi.

Shuningdek, ushbu hududda transport oqimi ortishi va tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli avtobuslarning qatnov oralig‘i uzayishi, yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi ehtimoli bor.

Yo‘lovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi Komil Yashin ko‘chasida avtomobillarda harakatlanish 10 kunga cheklanishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing