Toshkentda bemor ayolni zo‘rlagani aytilgan tez yordam feldsheri ushlandi
3-sahifa
−
21 noyabr 2023
19353Avvalroq, chaqiruvga ko‘ra kelgan tez tibbiy yordam xodimi bemor ayolga ukol qilib, uning behushligidan foydalangan holda uyatsiz xatti-harakat qilgani haqida xabar bergandik. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati xodimi Nilufar Madiyeva QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Nilufar Madiyevaga ko‘ra, chaqiriqqa borgan tez tibbiy yordam feldsherining nojo‘ya xatti-harakati yuzasidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda zaruriy ekspertiza tayinlangan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deydi Madiyeva.
Gumonlanuvchi feldsher hozirda protsessual tartibda ushlangan, ammo hali ehtiyot chorasi tanlanmagan.
Kecha, 20 noyabr kuni mazkur holatga Sog‘liqni saqlash vazirligi kechikib bo‘lsa-da munosabat bildirib, vaziyatni turlicha talqin qilmaslikni so‘ragan edi.
LiveBarchasi