Toshkentda barcha xonadonlarga yil oxirigacha “aqlli” gaz hisoblagichlar o‘rnatiladi
Jamiyat
−
18 mart 2021
68672021 yil oxiriga qadar Toshkent shahrining barcha aholisiga “aqlli” gaz hisoblagichlar o‘rnatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” gaz ta’minoti filiali tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
“Hozirda poytaxtimizda gaz iste’molchilari jami 629 427 ta bo‘lib, shulardan 448 073 tasini ko‘p qavatli, 181 354 tasini esa yerli aholi xonadonlari tashkil etadi. Qayd etish kerakki, yil oxiriga qadar zamonaviy ‘aqlli’ hisoblagichlar barchaga o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur hisoblagichlarni o‘rnatish aholi uchun bepul hisoblanib, tashkilot tomonidan 5 yillik bepul servis xizmati ham kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, tadbir davomida tabiiy gaz iste’molchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida Call-markazi (55) 503-28-28 ishga tushgani e’lon qilindi. Shuningdek, sohadagi qonunbuzarlik va korrupsiya holatlari bo‘yicha (55) 503-90-17 ishonch telefoni yo‘lga qo‘yilgan, bunga iste’molchilar o‘z murojaatlarini qoldirishi mumkin.
LiveBarchasi