Toshkentda ayolni “shantaj” bilan qo‘rqitgan erkak qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida jinsiy aloqa qilishdan bosh tortgan ayolga suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitgan erkak qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, 2024 yilning 22 dekabr kuni M.S. ismli ayolga 2000 yilda tug‘ilgan H.X. ismli erkak qo‘ng‘iroq qilib, 3 xonali xonadonni tozalash kerakligini aytgan. Evaziga 250 ming so‘m berishini aytib, uni Mirobod tumani hududiga taklif qilgan.

Ayol aytilgan manzilga yetib borganida mazkur shaxs unga pul evaziga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan, u rozi bo‘lmagach, uning yelkasidan qo‘lini o‘tkazib olib uni rasmga olmoqchi bo‘lgan. Shunda M.S. yuzini yopib olgan, keyin H.X. agar M.S. jinsiy aloqa qilishga rozi bo‘lmasa, uning suratini tarqatish bilan qo‘rqitgan. Shu paytda ayol H.X.ning qo‘lidan qochib chiqib IIO xodimlariga murojaat qilgan.

Sud majlisi davomida ayblanuvchi o‘z ko‘rsatmasida aybiga iqrorlik bildirgan.

H.X. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 411-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik qilish) va 194-moddasi 1-qismida (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, erkakka Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, ya’ni 375.000 (uch yuz yetmish besh ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida homilador ayolga tegajog‘lik qilib, haqoratlagan 3 erkak 10 sutkaga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shontaj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing