Toshkentda ayol sobiq eriga 1,7 mlrd so‘m aliment to‘lab berdi
Jamiyat
−
12 Sentabr
13672Toshkent viloyatining Toshkent tumanida ayol 3 nafar farzandi ta’minoti uchun sobiq eriga 1,7 milliard so‘m to‘ladi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent tumanida ayol 3, 4 va 6 yoshli farzandlari ta’minoti uchun 18 yoshgacha bo‘lgan aliment qarzdorligini to‘lash istagini bildirgan. Ayol davolanish uchun chet elga chiqishi kerak bo‘lgan. Alimentdan qarzdorligi va shu sababli MIB taqiqi bo‘lgani uchun ayol davolanishga keta olmagan.
Uch nafar bola uchun 2039 yilgacha aliment to‘lovi 1 milliard 748 million 902 so‘m etib hisoblangan va ushbu summa undiruvchiga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida ota aliment uchun 16 yillik alimentni oldindan to‘lab bergandi. 2024 yildan 2040 yilgacha bo‘lgan davr uchun aliment miqdori hisoblanganda, jami 818 million 895 ming 193 so‘m miqdorida aliment miqdori vujudga kelgan. Qarzdor undiruvchi foydasiga jami 818 million 895 ming 193 so‘m evaziga 1 ta uy, Spark avtotransport vositasi va 2 ming AQSH dollari miqdorida aliment pullarini to‘lab bergan.