8 mart kuni yonib ketgan “inomarka”larni yoqishda gumonlanganlar ushlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, joriy yilning 8 mart kuni soat 5:30 da Toshkent shahrida chet elda ishlab chiqarilgan ikkit avtomobil qasddan yoqib yuborilgani haqida xabar bergan edik.

Mirobod tumanida 36 yoshli Kamila I.ga tegishli Mercedes-Benz GLS300 (davlat raqami 01 Y 549 HB) va BMW X5 (davlat raqami 01 F 701 XA) rusumli avtomobillari qasddan yoqib yuborilgandi. Moddiy zarar summasi taxminan 225 000 AQSH dollari miqdorida baholangan.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi ikkinchi qismi “v” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati mazkur yong‘in yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ko‘rilgan choralar davomida ikkita avtomobilni qasddan yoqib yuborganlikda gumonlanuvchi 30 yoshli samarqandlik Tursin E. va Toshkent viloyatida yashovchi 26 yoshli Shahzod Sh. aniqlanib, qo‘lga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

755

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing