Toshkentda ayol erini rashk qilib, talaba qizni kaltakladi (video)
Jamiyat
−
19 Sentabr 2022 46877 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi bilan bog‘liq janjalli video tarqaldi. Unda ayol turmush o‘rtog‘ini rashk qilib, boshqa bir qizni kaltaklagani aks etgan.
Ushbu voqea yuzasidan Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan o‘rganish olib borib, natijalari haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, universitet talabasi Yu.R. doimiy yashash joyi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidan J. ismli yigitning avtomoshinasida ota-onasi tomonidan yuborilgan pochta (oziq ovqat mahsulotlari)ni ikki marta qabul qilib olgan.
Talaba qizga ota-onasidan yuborilgan pochtani J.ismli shaxs universitetga olib kelganida uning ayoli (videodagi ayol) ham yonida bo‘lgan.
Bir necha kundan keyin sodir bo‘lgan videodagi janjalli holat talaba Yu.R. uchun ham tushunarsiz bo‘lib, ushbu voqea yuzasidan talaba Ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat qilgan.
“Shu o‘rinda axborot tarqatuvchilar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan xaqqoniy va xolis axborot tarqatishingizni, ayniqsa bilib bilmay qiz bola sha’niga turli tuhmatlar qilmasligingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi universitet munosabatida.
Ushbu masala yuzasidan Ichki ishlar organi mas’ullari tomonidan tergov ishlari boshlangan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr