Toshkentda ayol 2 yashar go‘dagi bilan vafot etdi
Jamiyat
−
04 fevral 2020
19357Toshkent viloyati va Andijonda is gazi ikki oila hayotida ayanchli iz qoldirdi. Natijada bir oila vakillari vafot etdi. Bu haqda Bosh Prokuratura xabar berdi.
Joriy yilning 2 fevral kuni soat 04:15 larda Yangiyo‘l tumani, Ittifoq mahallasida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan ayol N.M. va uning 2018 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi yashash uyining yotoqxonasidagi gaz pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etgan.
Shuningdek, xuddi shu kuni soat 16:00 larda Andijon shahri, Soy mahallasida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan ayol D.X.ning yashash xonadonida chaqnash yuzaga kelganligi natijasida o‘zi va 2 nafar farzandi A. va B. turli darajadagi yengil kuyish tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi