Toshkentda avtoraqam qariyb 900 mln so‘mga sotildi

Bu qiziq

image

Toshkent shahrida yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan 01 777 RRR avtoraqami 894 mln so‘m (75 ming dollar)ga sotildi.

Mazkur savdo avtoraqam.uzex.uz onlayn auksionida o‘tkazilgan.

Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan ancha baland narx hisoblanadi. 2022 yilda eng qimmatga sotilgan avtoraqam 348 mln so‘mni tashkil qilgan va u 90 777 UZB raqamiga to‘g‘ri kelgan edi.

Ma’lumot uchun, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, 20 foizi esa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li yaqinidagi 51 xonali hovli 32 mlrd 619 mln so‘mga sotilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

auktsion avtoraqam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing