Toshkentda avtomobilga stiker olish uchun 30 mingga yaqin murojaat tushdi

Jamiyat

image

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2020 yil 30 martdan 20 aprelga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtotransport vositalari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanishi mumkinligi belgilandi.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning ma’lum qilishicha, Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlari orqali 27 ming dan ortiq murojaatlar qabul qilindi.

Toshkent shahriga jami 4500 dan ortiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi Davlat xizmatlari markazlariga esa 3200 ga yaqin fuqarolar tashrifi kuzatildi. 

"Bu hol karantin talablarining buzilishiga, ko‘plab fuqarolarning bir vaqtning o‘zida bir joyda to‘planishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari aynan shu masalada fuqarolar tomonidan ko‘plab murojaatlar bo‘ldi.

Hurmatli fuqarolar, avtotransport qatnovini cheklash bu bugungi sharoitda respublikada koronavirusni tarqalib ketishini oldini olishga qaratilgan juda keskin chora, bunday chorani bugungi kundagi sharoit taqozo etmoqda.

Albatta noqulaylik tug‘diradi, lekin bu eng maqbul va samarali yo‘ldir. Shuning uchun barchamiz yangi talablarga moslashishimiz zarur, ishlab chiqaruvchilar ham, tadbirkorlar ham", dedi Davletov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 158 nafarga yetdi. Ularning 7 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin ruxsatnoma

Baholaganlar

40

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing