Toshkentda avtomashina raqamini soxtalashtirgan shaxs qamaldi

3-sahifa

image

Toshkentda mashhur UZB seriyali avtomashina raqamini soxtalashtirgan shaxs ikki yilga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1989 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining Gentra rusumli avtomashinasiga UZB qalbaki raqamini o‘rnatib foydalanib kelgan. Fuqaro ushbu raqamlarni Rossiya Federatsiyasidagi firmalarning biridan buyurtma asosida sotib olgan. Bundan tashqari, u javobgarlikdan qochish maqsadida YPX inspektorlariga tegishli davlat idorasi tomonidan tasdiqlangan UZB davlat raqamidan foydalanish to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etgan. Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, hujjatni fuqaro o‘zi soxtalashtirgani aniqlangan.

Tekshiruv davomida ayblanuvchi yana bir nechta soxta raqamlarni yashirib qo‘ygani aniqlangan.

"Bu qilgan ishimdan asosiy maqsad – havas. Hech qanday jinoiy, qabih niyat bo‘lmagan. Bundan pushaymonman”, deydi ayblanuvchi.  

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi uni Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1 va 3-qismlari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, ularni sotish yoki ulardan foydalanish) bilan aybdor deb topdi. Fuqaro ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtomashina raqami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing