Toshkentda avtokran va yuk mashinasi to‘qnashdi (video)

3-sahifa

image

Toshkentdagi “Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida avtokran hamda VOLVO yuk avtomobili to‘qnashdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 13 avgust kuni soat 05:30 larda, Chilonzor tumani, TXAY ko‘chasida joylashgan “Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan N.I. boshqaruvidagi VOLVO rusumli yuk avtomobili hamda haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan A.F. boshqaruvidagi ZOOMLION rusumli avtokran ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada avtokran haydovchisi A.F.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, hodisa joyida tirbandliklarni bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

255

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing