Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l haqining an’anaviy shakli o‘zgardi
Jamiyat
−
14 iyul 2023
21298Toshkent shahrida muntazam harakatlanadigan 32 yo‘nalishdagi avtobuslarda yo‘l haqi o‘zgardi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 16 fevraldagi qaroriga asosan Toshkent shahridagi muntazam avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning iyul oyidan boshlab, “Toshshahartransxizmat”AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 17t, 20, 73, 86, 98, 101, 146, 140 130,129, 116, 82, 68, 63, 61, 55, 52, 45, 43, 41, 39, 9t, 8, 125, 151, 133, 138, 153, 154, 181, 183, 104-sonli avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish yangi turdagi brutto shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, brutto-shartnoma tizimi yo‘nalishlarda cheklangan tariflarda yo‘lovchi tashish xizmatlari uchun “bosib o‘tilgan yo‘l” va “sifat” mezonlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilishni nazarda tutuvchi vakolatli organ va tashuvchi o‘rtasida tuzilgan.
LiveBarchasi